10:10 / 23.12.2020
2 234

Koronavirus 5 yildan keyin yanada yuqumliroq bo‘lishi prognoz qilindi

Koronavirus 5 yildan keyin yanada yuqumliroq bo‘lishi prognoz qilindi
Foto: «RIA Novosti»
Rossiyalik infeksionist Yevgeniy Timakov koronavirusning yuqumlilik darajasi 5-7 yil ichida oshishi, ammo kamroq asoratlar keltirib chiqarishini aytdi, deb xabar bermoqda «RIA Novosti».

«Barcha viruslar mutatsiyaga uchraydi, shu jumladan, koronavirus ham. Unda mutatsiyalar genomini o‘zgartirish jihatidan unchalik yaqqol namoyon bo‘lmagan. Ammo ular virus xususiyatlarini o‘zgartiradi. Virus qanday bo‘lmasin tashqi muhitda o‘z egasini o‘ldirmagan holda yashab qolishi kerak. Ya’ni vaqt o‘tishi bilan, 5-7 yildan so‘ng koronavirus infeksiyasi baribir o‘zgaradi. U yanada yuqumliroq, lekin shu bilan birga kamroq asoratlar qoldiradigan bo‘ladi», — degan u.

Ekspertning aytishicha, shunday holat hozir Buyuk Britaniyada kuzatilmoqda. Virus yuquvchanligi 70 foizga oshgan, lekin u og‘irroq o‘tishi haqida ma’lumotlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi varianti o‘tgan haftada aniqlangandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u odatdagi koronavirusdan 70 foizga yuqumliroq, lekin undan xavfliroq emas. JSST 20 dekabr kuni Britaniyanikiga o‘xshash koronavirus Niderlandiya, Daniya va Avstraliyada ham aniqlanganini e’lon qildi. Shu munosabat bilan 20 dan ortiq mamlakat aviaqatnovlarga cheklovlar kiritdi, shu jumladan O‘zbekiston ham.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirus 5 yildan keyin yanada yuqumliroq bo‘lishi prognoz qilindi