Foto: Reuters
Birlashgan Arab Amirliklarida koronavirusining yangi shtammi bilan kasallanishning bir nechta holati aniqlandi, deb xabar qildi 29 dekabr kuni Arab News portaliga tayanib «Interfaks».
Kasallikni yuqtirganlar chet eldan kelgan, ammo qaysi mamlakatdan ekanligi aniqlanmagan. 29 dekabr kuni BAAda 1506 nafar fuqaroda koronavirus aniqlangan, ikki kishi kasallik oqibatida vafot etgan. So‘nggi 24 soat ichida 1475 bemor kasallikdan forig‘ bo‘lgan.
Jons Hopkins universitetining ma’lumotlariga ko‘ra, Birlashgan Arab Amirliklarida pandemiya boshlanganidan beri 204 mingdan ortiq odam koronavirus bilan kasallangan, 662 kishi vafot etgan.
Hozirgacha yangi shtamm Buyuk Britaniyadan tashqari Niderlandiya, Avstraliya, Daniya, Braziliya, Germaniya, Shveysariya, Fransiya, Yaponiya, Janubiy Koreya va Iordaniyada aniqlandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi