Foto: «Hi-Tech.Mail.ru»
Rossiyaning Tver shahrida istiqomat qiluvchi Yuliya Doroxova ismli ayol Qorbobodan o‘ziga kvartira va turmush o‘rtoq so‘rab, tez orada ikkala niyatiga ham erishdi, deb yozadi «Hi-Tech.Mail.ru».
39 yoshli rossiyalikning «Komsomolskaya pravda» nashriga ma’lum qilishicha, u o‘zining birinchi maktubini 2015 yilda yozgan. Xatda ayol shaxsiy hayoti ko‘ngildagidek emasligidan noligan. U keyingi yilni Misrda o‘tkazish tilagini bildirgan.
Mart oyiga borib esa tanishuvlar sayti orqali Yuliyaga qohiralik erkak yoza boshlagan. Tarmoq orqali bir oylik muloqotdan so‘ng erkak chipta sotib olgan va Yuliya mushugi bilan kuyovning yoniga uchib ketgan.
Tez orada juftlik oila qurgan, Yuliya esa Yangi yilni o‘zi xohlagandek Qohirada kutib olgan.
Shundan so‘ng oilada qiz farzand dunyoga kelgan, ayol Misr poytaxtida o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan.
2019 yilda ular Rossiyaga ko‘chib kelgan, biroq Tverdagi ikki xonali kvartira torlik qila boshlagan. Shunda Yuliya Qorboboga yana maktub yozib, yangi uy so‘ragan. Ayol hatto uyning o‘lchamlari, oshxonasiyu, oynalari qayerda joylashgan bo‘lishini ham aniq yozgan. Bir oydan so‘ng eski kvartiraga xaridor chiqqan, yana bir oy o‘tgach esa oila Yuliya xohlagandek yangi uyga ko‘chib o‘tgan.
«Balki, hammasi shundoq ham sodir bo‘lgan bo‘lardi. Biroq men sehrli boboning qo‘llab-quvvatloviga ishonaman, bu juda ko‘p narsa… Doim nimani niyat qilsam, shunga erishganman. Buning siri men uni juda ham xohlashimda», — deydi ayol.
Yuliyaning so‘zlariga ko‘ra, agar biror tilak amalga oshmasa, demak shunday bo‘lishi lozim. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Yuliya Timoshenko 5,5 mln dollar tovon puli olib millionerga aylandi

Yuliya Timoshenko Ukrainaning tugatilish jarayoni boshlanganini bildirdi

Xonanda Yuliya Nachalovaning karerasini boshlab bergan klip (video)

Rossiyalik marhuma xonanda Yuliya Nachalovaning oʻlimoldi istagi

Ukraina prezidentligiga nomzodga pora bermoqchi boʻlganlar qoʻlga olindi

Yuliya Timoshenko Ukraina prezidentligiga nomzod etib ko‘rsatildi