
Rimda yangi yil mushakbozligi oqibatida yuzlab qushlar halok bo‘ldi, deb yozmoqda Sorriyere della Sera.
Mahalliy aholi ko‘chalar, yo‘laklar va uylarning ayvonlarida yotgan qushlarning jasadlari aks etgan foto va videolavhalarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishgan.
Ayniqsa, Termini stansiyasi, Via Nasionale markaziy ko‘chasi va Eskvilin tepaligi qushlarning jasadlari bilan to‘lib ketgan.
Odamlarning yozishlaricha, ular yarim tunda mushakbozlik boshlanganidan keyin kuchli gumburlash ovozlaridan cho‘chigan qushlarning jasadlaridan iborat "yomg‘ir"ga guvoh bo‘lishgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar