21:20 / 05.01.2021
4 448

Tramp prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganini e’lon qildi

Tramp prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganini e’lon qildi
AQSHning amaldagi prezidenti Donald Tramp yana bir bor prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganini e’lon qildi. U bu haqda Jorjiya shtatida Devid Purdyu va Kelli Loefflerning Senatga qayta saylanishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan mitingdagi nutqida aytib o‘tgan.

«Men ikkita prezidentlik saylovida qatnashdim va ularda g‘alaba qozondim — ikkinchisida katta muvaffaqiyat bilan... Biz Florida va Ogayo shtatlarida rekord ko‘rsatkichlar bilan g‘olib chiqdik, Ayovada ham», degandi Tramp.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Michigan shtatida 293 ming, Vashington shtatida 112 ming, Viskonsin shtatida 356 ming, Jorjiya va Pensilvaniyada esa 700 ming ovoz olgan.

«Ushbu ajoyib g‘alaba uchun katta rahmat... Men saylov natijalariga qarshi chiqaman, biz buni amalga oshiramiz», degan AQSH rahbari.

AQSHda prezidentlik saylovlari noyabr oyining boshida bo‘lib o‘tdi. Unda demokratlar partiyasidan nomzod Jo Bayden 306 ovoz bilan g‘alaba qozondi. Tramp esa 232 ovoz olgan.

6 yanvarda saylov natijalari Kongress tomonidan tasdiqlanishi kerak. Yangi prezidentning inauguratsiya marosimi 20 yanvarga belgilangan. Pandemiya sababli tadbir qisqartirilgan shaklda o‘tkaziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganini e’lon qildi