2 406
Indoneziyada halokatga uchragan Boeing kuchli turbulentlik hududiga tushgani ma’lum qilindi
© AP Photo/Achmad Ibrahim
Indoneziyada halokatga uchragan Boeing 737-524 samolyoti momaqaldiroq frontiga uchrab, kuchli turbulentlik hududiga tushgan. Bu haqda mamlakatning Meteorologiya, iqlim va geofizika agentligi vakili Deni Septiadi ma’lum qildi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, samolyotning parvozi vaqtida 15 km atrofda kuchli bulutlilik, yog‘ingarchilik va momaqaldiroq kuzatilgan. “O‘sha vaqtda ushbu hududda bo‘lgan barcha samolyotlar kuchli turbulentlikni his qilgan bo‘lishi kerak”, deb ma’lum qilgan Septiadi. Shu bilan birga, ko‘rish darajasi 2 kmni tashkil qilgan va bu sharoit uchish-qo‘nish uchun to‘g‘ri kelgan.
Indoneziyaning Sriwijaya Air aviakompaniyasiga qarashli Boeing 737-524 yo‘lovchi samolyoti 9 yanvarda Jakartadan Pantianakka reys bajarayotganda halokatga uchradi. Samolyot bortida 50 yo‘lovchi, ekipajning 6 a’zosi hamda aviakompaniyaning 6 xodimi bo‘lgan. Samolyot parvoz boshlangandan taxminan 4 daqiqa o‘tgach Yava dengiziga qulagan. Ma’lum qilinishicha, yerdagi xizmatlar voqea yuz bergan vaqtda ularning javobgarligi ostidagi hududda bo‘lgan birorta samolyotdan falokat signali olishmagan.
Samolyotlar parvozini kuzatuvchi FlightRadar portali ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot havoga ko‘tarilganidan dastlabki 3 daqiqa davomida balandlikka ko‘tarilgan, so‘ngra 3,3 ming metr balandlikda bir daqiqadan kamroq vaqt ichida keskin 3 ming metr pastlagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Ozish uchun qancha yugurish kerak?
Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi
Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli”
Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi