1 599
Indoneziyada halokatga uchragan Boeing kuchli turbulentlik hududiga tushgani ma’lum qilindi

© AP Photo/Achmad Ibrahim
Indoneziyada halokatga uchragan Boeing 737-524 samolyoti momaqaldiroq frontiga uchrab, kuchli turbulentlik hududiga tushgan. Bu haqda mamlakatning Meteorologiya, iqlim va geofizika agentligi vakili Deni Septiadi ma’lum qildi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, samolyotning parvozi vaqtida 15 km atrofda kuchli bulutlilik, yog‘ingarchilik va momaqaldiroq kuzatilgan. “O‘sha vaqtda ushbu hududda bo‘lgan barcha samolyotlar kuchli turbulentlikni his qilgan bo‘lishi kerak”, deb ma’lum qilgan Septiadi. Shu bilan birga, ko‘rish darajasi 2 kmni tashkil qilgan va bu sharoit uchish-qo‘nish uchun to‘g‘ri kelgan.
Indoneziyaning Sriwijaya Air aviakompaniyasiga qarashli Boeing 737-524 yo‘lovchi samolyoti 9 yanvarda Jakartadan Pantianakka reys bajarayotganda halokatga uchradi. Samolyot bortida 50 yo‘lovchi, ekipajning 6 a’zosi hamda aviakompaniyaning 6 xodimi bo‘lgan. Samolyot parvoz boshlangandan taxminan 4 daqiqa o‘tgach Yava dengiziga qulagan. Ma’lum qilinishicha, yerdagi xizmatlar voqea yuz bergan vaqtda ularning javobgarligi ostidagi hududda bo‘lgan birorta samolyotdan falokat signali olishmagan.
Samolyotlar parvozini kuzatuvchi FlightRadar portali ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot havoga ko‘tarilganidan dastlabki 3 daqiqa davomida balandlikka ko‘tarilgan, so‘ngra 3,3 ming metr balandlikda bir daqiqadan kamroq vaqt ichida keskin 3 ming metr pastlagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Jakartadan uchgan Boeing 737 bir daqiqa o‘tib suvga quladi

Hindistonda yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi, qurbonlar soni 20 nafarga yetdi

Istanbul aeroportida samolyot qo‘nish vaqtida uchga bo‘laklanib ketdi (foto)

Bortida 180 yo‘lovchi bo‘lgan ukrain samolyoti Eronda halokatga uchradi (video)

Indoneziyada o‘tgan yili Boeing 737 Max samolyoti nima uchun qulab tushgani ma’lum bo‘ldi

Jakartadan parvoz qilgan Boeing 737 yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi