2 712
Amerikalik qiz tomonidan ikki yil oldin okeanga tashlangan shisha ichidagi maktub topildi
Foto: Conflict Islands Conservation Initiative
2020 yilning noyabrida Papua — Yangi Gvineya orollari tarkibiga kiruvchi Panesesa orolida tabiatni qo‘riqlash bo‘yicha mutaxassis Stiven Amol qirg‘oqni tozalash vaqtida shisha idishga duch kelgan. Uning ichida bir hovuch guruch, bir nechta chig‘anoq va maktub bo‘lgan, deb yozadi Esquire.
17 yoshli amerikalik Niki Ne shisha idishni 2019 yilning 9 yanvarida — oilasi olti yillik gumanitar missiyadagi ishtirokidan so‘ng AQSHga qaytishda, Vanuatu va Marshall orollaridan suzib o‘tayotganida suvga tashlagan. Butilka 2,5 ming kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tgan.
«Agarda siz buni o‘qiyotgan bo‘lsangiz, shisha idish juda uzoq yo‘lni bosib o‘tgan va qo‘lingizga tushgan. Mazkur shisha idish qayerga borib qolgani va uning topilishiga qancha vaqt ketganini bilish men uchun juda qiziq», — deb yozadi Ne o‘z maktubida.
Foto: Conflict Islands Conservation Initiative
Maktubda elektron pochta ko‘rsatilganiga qaramay, Amos uning muallifi bilan ijtimoiy tarmoq orqali bog‘langan. «Maktubni o‘qib, bor kuchim bilan Ne bilan bog‘lanishga harakat qildim va hamkasblarim yordamida buni uddaladim. Men shu qadar hayajonda edimki, Zoom orqali gaplashishimizni bilganimdan keyin uxlay olmadim», — deydi Amos.
Foto: Conflict Islands Conservation Initiative
Stiven Amos to‘rt yildan buyon Mojaroli orollar tabiatini saqlab qolish dasturida ishtirok etib, Bissa toshbaqalarining himoyasi va plastiklarni yig‘ish bilan shug‘ullanib kelmoqda. «Biz toshbaqa va boshqa dengiz hayvonlarini qutqarib qolish uchun plyajlardagi plastiklarni yig‘ish bilan shug‘llanamiz», — deydi Amos. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto)
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi