Foto: AP
Xitoy tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Xua Chunin AQSH davlat kotibi Mayk Pompeoning Shinjon-Uyg‘ur muxtor viloyatida uyg‘urlar genotsidi haqidagi bayonotini asr yolg‘oni, uning o‘zini esa masxaraboz deb atadi.
“Pompeo oxirgi bir necha yil ichida juda ko‘p yolg‘on tarqatdi. Pompeoning ushbu bayonoti ham hali quloq eshitmagan uydirmadir. O‘zining yolg‘onlari bilan tanilgan ushbu amerikalik siyosatchi o‘z lavozimidagi oxirgi kunda ham yolg‘on xabar tarqatib, o‘zini butun dunyoga masxaraboz qilib ko‘rsatdi va kulgiga qo‘ydi”, deb aytgan Chunin.
Avvalroq Pompeo Xitoyni Shinjon-Uyg‘ur muxtor viloyatidagi vaziyat sababli genotsid va insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etishda ayblagandi. Uning ta’kidlashicha, Xitoy hukumati “tizimli ravishda uyg‘urlarni yo‘q qilishga urinib keladi”.
New York Times nashrining yozishicha, Oq uyning endilikda avvalgi ma’muriyatining Xitoy hukumati harakatlariga bunday keskin ta’rif berishi Pekinga qarshi sanksiyalarning yangi prezident Jo Bayden ma’muriyati tomonidan kengaytirilishiga olib kelishi mumkin.
AQSH Xitoyni uyg‘urlar va boshqa musulmon guruhlarini tahqirlash, inson huquqlarini buzishda ayblab, Pekinga nisbatan sanksiyalar kiritish bilan tahdid qilmoqda.
O‘z navbatida, Xitoy o‘ziga qo‘yilayotgan barcha ayblovlarni rad etib kelmoqda va mamlakatning ichki ishlariga aralashmaslikka chaqirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori"
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
Sharmandaga shahar keng
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi