13:35 / 25.01.2021
1 836

Germaniyada emlanishdan bosh tortgan xodimlar ishdan bo‘shatildi

Germaniyada emlanishdan bosh tortgan xodimlar ishdan bo‘shatildi
Foto: Picture-alliance
Germaniyada nogironlar va qariyalarni parvarishlash xizmati xodimlari koronavirusga qarshi emlanishdan bosh tortgani uchun ishdan bo‘shatildi. Germaniyada ushbu toifadagi xizmatchilar vaksinani birinchi navbatda oluvchilar guruhiga kiradi.

Bild nashrining xabar berishicha, qariyalar va nogironlarni parvarishlash bilan shug‘ullanuvchi kompaniya koronavirusga emlanishni istamagan 7 xodimini bo‘shatib yuborgan. Shu bilan birga, Germaniyada emlash ixtiyoriy tarzda o‘tkazilmoqda va emlanishni istamaganlarning ishdan bo‘shatilishi birinchi marta yuz bermoqda.

Ushbu qarorni kompaniya rahbari qabul qildi. U bundan oldin xodimlariga bir qarorga kelish uchun ikki kun muhlat bergan. Biroq ular emlanishdan bosh tortishgan”, deb ma’lum qilgan nashr.

Ta’kidlanishicha, 3 xodim vaksina olishni istamagan, yana 4 xodim berilgan muhlat ichida bir qarorga kela olmagan. Natijada ularning barchasi ishdan bo‘shatilgan.

Men mijozlarimizni himoyalash uchun barcha ishni qilaman. Bu burchimdir”, deb o‘z qarorini tushuntirgan kompaniya rahbari.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, shundan keyin kompaniya egasiga emlashga qarshi chiquvchilar tomonidan turli tahdidlar qilina boshlangan.

Germaniyada koronavirusga qarshi emlash dekabr oxirida boshlandi. Mamlakat 2020 yil oxirida BioNTech va Pfizer kompaniyalarining 1,3 mln dozadan ko‘proq vaksinasini olgandi. 2021 yil boshiga yana 4 mln doza yetkazish belgilangandi. Biroq AQSH va nemis kompaniyalarining vaksina yetkazilishi muddatlari surilishi mumkinligi haqidagi xabaridan keyin ushbu muddatlar cho‘zilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyada emlanishdan bosh tortgan xodimlar ishdan bo‘shatildi