07:17 / 27.01.2021
1 623

AQSH afroamerikalik ayol aks etgan 20 dollarlik banknota chiqarish bo‘yicha ishni qayta boshladi

AQSH afroamerikalik ayol aks etgan 20 dollarlik banknota chiqarish bo‘yicha ishni qayta boshladi
Foto: Reuters/ Yuri Gripas
AQSH Moliya vazirligi 19-asrda mamlakatda ijtimoiy islohot uchun kurashgan afroamerikalik ayolning tasvirini yigirma dollarlik kupyuraga joylashtirish g‘oyasiga qaytmoqchi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki ma’lum qildi, deb xabar berdi NBC Los-Anjeles.

Yangilangan 20 dollarlik kupyurada qullikdan qochib, AQSHda ijtimoiy islohot uchun kurashgan amerikalik ishsiz Garriyet Tabmenning portreti borligi aytilmoqda.

«G‘aznachilik departamenti Garriyet Tabmenni yangi 20 dollarlik banknotning old qismiga qo‘yish bo‘yicha harakatlarni qayta boshlash bo‘yicha choralarni ko‘rmoqda», – dedi Psaki.

Eslatib o‘tamiz, Oq uy ushbu tashabbusni Barak Obama prezidentligi davrida muhokama qilgan edi. Aynan u Amerika rahbarining tarixiy shaxsini qora tanli ayol bilan almashtirishni taklif qilgan, ammo Donald Trampning hokimiyat tepasiga kelishi bilan jarayon to‘xtatilgan va AQSH prezidenti Endryu Jeksonning portreti banknotada qolgan.

Ma’lumot uchun, Garriyet Tabmen qora tanlilar huquqlari va ijtimoiy islohotlar uchun kurashgan ayol hisoblanadi. U 1850 yildan «Yer osti temir yo‘li» faollar sektasida qatnashib, plantatsiyalarda ishlovchi qullarning shimoliy shtatlar va Kanadaga qochishlariga yordam beradi. Shaxsan o‘zi kamida 70 ta qulni ozod qilishga muvaffaq bo‘ladi.

AQSHda Fuqarolar urushi boshlangandan so‘ng (1861–1865) Garriyet Tabmen jang maydonida hamshira va dala oshpazi bo‘lib ishlay boshlaydi va keyinchalik razvedkachilikka ko‘tariladi. Urush yillarida u hatto qullarni ozod qilish uchun reydlar o‘tkazgan.

Garriyet 1859 yilda Nyu-Yorkka ko‘chib o‘tadi va keksa ota-onasi vafotigacha ularga g‘amxo‘rlik qiladi. U ayollar saylov harakati g‘oyalarini faol ravishda ilgari suradi, biroq bir necha yil o‘tib 1913 yilda vafot etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH afroamerikalik ayol aks etgan 20 dollarlik banknota chiqarish bo‘yicha ishni qayta boshladi