17:40 / 30.01.2021
3 147

Prezident Sadir Japarovning matbuot xizmati rahbari qo‘lga olindi

Prezident Sadir Japarovning matbuot xizmati rahbari qo‘lga olindi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Prezident Sadir Japarovning matbuot xizmati rahbari qo‘lga olindi. Bu haqda «24.kg» xabar berdi. Qirg‘iziston prezidenti devonining axborot siyosati bo‘limi rahbari A.N.S. pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi, deyiladi qo‘shni mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xabarida.

Nashr qayd etishicha, ko‘rsatilgan shaxs Nurgazi Anarqulov — ism-familiyalari qisqartmasi to‘liq mos keladi.

Gumonlanuvchi davlat organlarida korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarni aniqlash, oldini olish va ularga barham berish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar doirasida hibsga olingan, deyiladi xabarda.

MXDQga ko‘ra, A.N.S. o‘z lavozimini suiiste’mol qilgan va shaxsiy moddiy boyish maqsadida, yuqori davlat lavozimlaridan biriga da’vogardan ishini ijobiy hal etib berish uchun katta miqdorda pul talab qilgan.

Ushbu fakt bo‘yicha Qirg‘iz Respublikasi Jinoyat kodeksi 326-moddasi bilan (pora talab qilish) sudgacha ish qo‘zg‘atilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Prezident Sadir Japarovning matbuot xizmati rahbari qo‘lga olindi