Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Prezident Sadir Japarovning matbuot xizmati rahbari qo‘lga olindi. Bu haqda «24.kg» xabar berdi. Qirg‘iziston prezidenti devonining axborot siyosati bo‘limi rahbari A.N.S. pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi, deyiladi qo‘shni mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xabarida.
Nashr qayd etishicha, ko‘rsatilgan shaxs Nurgazi Anarqulov — ism-familiyalari qisqartmasi to‘liq mos keladi.
Gumonlanuvchi davlat organlarida korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarni aniqlash, oldini olish va ularga barham berish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar doirasida hibsga olingan, deyiladi xabarda.
MXDQga ko‘ra, A.N.S. o‘z lavozimini suiiste’mol qilgan va shaxsiy moddiy boyish maqsadida, yuqori davlat lavozimlaridan biriga da’vogardan ishini ijobiy hal etib berish uchun katta miqdorda pul talab qilgan.
Ushbu fakt bo‘yicha Qirg‘iz Respublikasi Jinoyat kodeksi 326-moddasi bilan (pora talab qilish) sudgacha ish qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi