08:08 / 31.01.2021
1 938

Timsohning og‘ziga boshi bilan kirib ketgan odam tirik qoldi...

Timsohning og‘ziga boshi bilan kirib ketgan odam tirik qoldi...
Avstraliyalik erkak timsoh hujumdan eson-omon qutulib qoldi. Omadli odam boshini siqib olgan yirtqich jag‘larini qo‘llari bilan ochib, u yerdan chiqib ketishga erishgan.

«Bi-bi-si»ning xabariga ko‘ra, ushbu inson Kvinslend shtatidagi Leyk-Plesid ko‘lida cho‘milayotganda, unga uzunligi qariyb 2 metrli timsoh tashlangan. Ushbu hodisadan so‘ng uni mahalliy shifoxonaga olib borishdi. Uning jarohatlari yengil ekanligidan vrachlarning o‘zlari ham hayron bo‘lishdi.

Sanitar Pol Svini esa jabrdiydadani tez yordam mashinasida olib kelishganda, u o‘zini hech narsa bo‘lmaganday tutgani hammani hayratga solgan.

«U o‘zini timsoh qanday tishlagani va uning komidan qanday qutulgani haqida bamaylixotir gapirib berdi. Buning uchun u ichkaridan timsoh jag‘larini ochib, bor kuchi bilan hayvon og‘zini kergan. U shunday qilib qutulib chiqqan. So‘ng qirg‘oqqacha uzoq suzib, sohilga o‘zi chiqib olibdi», — deydi Svini.

«Tekshiruv paytida uning bosh qismida timsoh tishlari izlarini aniqladik», — deya qo‘shimcha qiladi u.

Omadli erkak sakkiz yildan beri haftasiga uch marta ushbu ko‘lda suzishi va birinchi marta bunday hujumga duch kelishini bildirar ekan, o‘z odatini bundan keyin ham kanda qilmasligini aytgan. Doktorlar yana hayron.

Kvinslend ekologiya departamentining xabar berishicha, mutaxassislar Leyk-Plesid ko‘lini tekshirishadi va reptiliya hujumi sabablarini o‘rganib, zarur choralarni ko‘rishadi.

Departament timsohlar Kvinslenddagi barcha suv havzalarida uchrashini qayd etar ekan, odamlarni bunday joylarda kanoe va qayiqlardan foydalanmaslik, baliq ovlash paytida suv chetiga yaqin kelmaslikka yana bir bor chaqirgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)