
Foto: EPA
Myunxendagi Zoologiya davlat kolleksiyasi olimlari Madagaskar orolidan sayyoradagi eng mitti reptiliyani topishga muvaffaq bo‘ldi. Ilk bor aniqlangan yangi turga Brookesia nana nomi berilgan, deb yozadi «Korrespondent.net».
Xameleonlarning yangi turiga kiruvchi nar jonzotning uzunligi 13,5 millimetrni tashkil etadi. Ular o‘z urg‘ochilaridan kichikroq, biroq mutaxassislar tanasiga nisbatan jinsiy a’zolarining kattaliga e’tibor qaratgan — 2,5 millimetr.

Foto: Scientific Reports
Madagaskarda insonlar ehtiyoji uchun o‘rmonlar kesib tashlanayotgani bois olimlar unga mutlaq yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan jonsot maqomini bergan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar