
Foto: «Ferra»
Grand Theft Auto (GTA) kompyuter o‘yinini yaratgan «Rockstar Games» kompaniyasi (Kanada) ofisiga o‘g‘ri tushdi. Ayol kishi ekan.
Tergovchilarga ko‘ra, o‘g‘ri ayol 24 dekabrdan 23 yanvargacha kompaniya ofisiga kelgan narsalarni o‘marib yurgan. Yo‘qolgan narsalar orasida «Rockstar Games»ga qarashli kompyuter texnikasi ham bor.
30 yoshlarda ekani aytilayotgan bu ayol o‘g‘irlagan narsalarning umumiy qiymati $66 ming atrofida. Bular asosan kompaniya buyurtmasi bilan ofisga keltirilgan, ammo hali qadog‘i ham ochilmagan narsalar.
Ayolni boshqa jinoyatlarda ham gumon qilishyapti — mashina, bir necha kurtka va ayfon o‘g‘irlagan. Kamiga smartfondan Apple Pay vositasida xaridlar qilgan.
Buyam bir taqdir hazili: talonchilik, bezorilik targ‘ibotchisi deya GTA o‘yini ko‘p marotaba turli mamlakatlarda taqiqlovlarga tushgandi. Mana endi shu o‘yinni yaratganlarning o‘zlarini o‘g‘ri urib ketdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar