Sayyohlar xaritada topishga qiynaladigan mamlakatlar yetarlicha. «Daily Mail» yozishicha, ular orasida ulkan (hududan) Kanadadan tortib bizning O‘zbekistongacha bor.
Britaniya o‘quv kurslari yirik provayderi shu yo‘nalishda o‘tkazgan tadqiqotda 20 mamlakatdan 6550 kishi qatnashdi. Ularga davlatlarning nomlari aytilib, interaktiv xaritada topish so‘ralgan.
Infografika: «TheKnowledgeAcademy.com»
Natija qanday?
Respondentlarning 83 foizi Indoneziyani, 81 foizi Vetnamni xaritada topa olishmagan. Har qancha qidirishmasin, qatnashchilarning qariyb to‘rtdan uch qismi Bangladesh (78 foiz), Ukraina (73 foiz), Peru (69 foiz) va O‘zbekiston (68 foiz) qayerdaligini aniqlay olishmagan. Yaponiya va Saudiya Arabistonini 62-61 foiz qatnashchi topisha olmagan.
Avstraliyani topishda 46 foiz, Kanadani 53 foiz, Marokashni topishda 57 foiz respondent noaniqlikka yo‘l qo‘ygan.
Har uchinchi qatnashchi uchun Fransiya va shundan sal ozrog‘i (29 foiz) uchun Germaniyaning koordinatalari noma’lum ekani aniqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video)