Foto: «Lisa.ru»
Anjelina Joli Bredd Pitt bilan ajrashganidan keyin sobiq turmush o‘rtog‘i u uchun xarid qilgan bir necha millionlik sovg‘ani sotib yuborishga qaror qildi.
Bredd Pitt Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Uinston Cherchill tomonidan 1943 yilda chizilgan «Qutubiya masjidi binosi» nomli suratni bundan o‘n yil avval 2,95 millionga xarid qilgan. Aktyor Kventin Tarantinoning «Sharafsiz vahshiylar» filmida suratga tushganidan keyin Cherchillning faoliyatiga qiziqib qolgan.
Cherchill ushbu suratni Franklin Ruzvelt uchun maxsus chizgan. Prezident suratni o‘g‘li Elliotga bergan, o‘g‘li esa kolleksionerga sotib yuborgan. Keyinchalik ushbu san’at asari Cherchill haqidagi filmda suratga tushgan prodyuser Norman Xikman tomonidan xarid qilingan. Bredd uni Yangi Orleandagi dilerdan sotib olgan.
Foto: Morocco World News
Joli bir vaqtlar sobiq turmush o‘rtog‘i tomonidan sovg‘a qilingan san’at asarini Christi’s auksioniga sotish uchun qo‘ygan.
Page Six’ning yozishicha, ayni vaqtda surat narxi 3,4 millionga baholanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi
Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi