“Rosgvardiya”ning sobiq go‘zali Anna Xramsova instagramda video joylashtirgani uchun xizmatdan bo‘shatildi.
Videoda xizmat xonasi aks etgan kadrlar tushib qolgan. Rosgvardiyaning Sverdlovsk viloyati bo‘yicha boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Xramsova shaxsiy javobgarlikni nazarda tutadigan xizmat majburiyatlarini buzgan.
Sobiq xodima “Moskovskiy komsomoles” nashriga bergan intervyusida, ishdan bo‘shatilishi sababini bilmasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, buyruqda qanday huquqbuzarlik uchun ishdan bo‘shatilganligi ko‘rsatilmagan. U hatto o‘z narsalarini, hujjatlarini olib ketish uchun ruxsat berilmaganligini ta’kidlaydi.
Ayol sudga da’vo arizasi bilan murojaat qildi. Ishga tiklashdan tashqari, Xramsova ma’naviy zarar va "majburiy ravishda ishlamagan kunlari" uchun maosh sifatida bir million rubl miqdorida kompensatsiya olmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yil aprelda yekaterinburglik politsiya xodimi, praporshik Anna Xramsova birinchi “Rosgvardiya go‘zali” foto-tanlovining g‘olibasi bo‘lgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

“Koinot go‘zali” tanlovi g‘olibalari aniqlandi (foto)

Maxsus xizmatlarning gumonlanuvchilarni “beso‘naqay” ta’qib qilishi (video)

Germaniyalik “Koinot goʻzali 2017” gʻolibasi 19 yoshida vafot etdi

Internetda “Bagʻdod goʻzali”ning oʻldirib ketilishi aks etgan video tarqaldi (video)

Sobiq "dunyo go‘zali" Trampni tegajog‘likda aybladi

Putin 10 nafar generalni ishdan bo‘shatdi