date
views 1 791

Bill Geytsning qizi koronavirusga qarshi emlanib, «chiplashtirish»ga shama qildi

Bill Geytsning qizi koronavirusga qarshi emlanib, «chiplashtirish»ga shama qildi
Foto: «The-sun.com»
Milliarder Bill Geytsning qizlaridan biri SARS-CoV-2 koronavirusiga qarshi emlangan. U bu haqda «Instagram»da ma’lum qildi.

24 yoshli Jennifer Geyts hozircha zarur bo‘lgan ikkita dozadan faqat bittasini olgan. Suratda qiz «Men COVID-19ga qarshi vaksinamni oldim» degan stikerni namoyish qilmoqda. Boshqalar ham vaksinatsiya haqida o‘ylashi kerak, dedi u. «Qancha ko‘p odam immunitetga ega bo‘lsa, shuncha ko‘p hamma uchun xavfsiz bo‘ladi», — deya tushuntirdi u.

«Afsuski, vaksina menga dono otamning miyasini joylashtirmadi, — deya hazillashdi Jennifer Geyts. — Qani edi mRNA shunday kuchga ega bo‘lsa».

U Bill Geyts odamlarni chiplashtirishni niyat qilayotgani haqidagi tuhmatga shama qildi.

Avvalroq milliarder COVID-19 ga qadar ham shu kabi bo‘htonlarga duch kelganini tan oldi va vaksinalarga bo‘lgan ishonchsizlik pandemiyaga qarshi kurashni sekinlashtirishidan ogohlantirdi. Bill Geytsning o‘zi 22 yanvardayoq emlangan.

Jenifer Geyts — dunyodagi eng boy odamlardan biri hisoblanuvchi, boyligi 124,3 milliard dollarga baholangan, Microsoft asoschisi Bill Geytsning qizi. U Stenford universitetida tibbiy ta’lim olmoqda. 2020 yilda uning turmush o‘rtog‘i ot musobaqasi bilan shug‘ullanuvchi misrlik taniqli sportchi 28 yoshli Nayel Nassar ekanligi oydinlashdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bill Geytsning qizi koronavirusga qarshi emlanib, «chiplashtirish»ga shama qildi