Foto: Reuters
So‘nggi bir kun ichida Xitoyda koronavirus infeksiyasini yuqtirish bo‘yicha 19 ta yangi holat aniqlangan. Xitoy davlat sog‘liqni saqlash qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, shundan 18 ta holat mamlakat kirib kelgan odamlar orasida qayd etilgan.
Manbaga ko‘ra, 2020 yil 31 dekabrda Xitoyda koronavirusning Buyuk Britaniya shtammini yuqtirgan birinchi bemor qayd etilgani, joriy yil boshida esa mamlakatda to‘qqiz milliondan ortiq odam koronavirus infeksiyasiga qarshi emlab bo‘lingani ma’lum qilingan edi.
Koronavirusning kelib chiqishi Xitoyga taqaladi. 2019 yil oxirida mamlakatda ushbu infeksiya sabab kasallik avj oldi. Shu bois Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2020 yilning 11 mart kuni dunyoda "Covid-19" pandemiyasi, deb e’lon qildi. O‘tgan yilning 29 mart kuni Xitoy mamlakatda koronavirus epidemiyasi tugaganligini e’lon qilgan edi.
Keyinchalik ushbu infeksiyani yuqtirish holatlari butun dunyoga keng tarqalib ketdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytga kelib 108 milliondan ortiq ushbu virusni yuqtirib olgan, shundan 2,5 milliondan ortig‘i hayotdan ko‘z yumgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi