08:44 / 16.02.2021
1 549

Amerikalik senator Trampning impichmenti bo‘yicha eshituvga tasodifan ikki xil tuflida keldi

Amerikalik senator Trampning impichmenti bo‘yicha eshituvga tasodifan ikki xil tuflida keldi
Foto: Twitter / @SenTinaSmith
Amerikalik senator Tina Smit mamlakatning sobiq prezidenti Donald Trampning impichmenti bo‘yicha o‘tkazilgan eshituvga tasodifan turli oyoq kiyimlarda keldi. Bu haqda u o‘zining Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qilgan.

Smit oyog‘ida tuflilardan biri tillarang, ikkinchisi kul rang bo‘lgani tasvirlangan suratni e’lon qilgan. «O‘ylashimcha, ertalab boshimda ko‘plab fikrlar bo‘lgan», — deb yozadi senator.

Avvalroq sobiq prezidentning advokati Maykl van der Vinning bildirishicha, Trampga nisbatan impichment e’lon qilinishdan asosiy maqsad uni 2024 yilgi saylovlarda ishtirok etishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat. Yuristning fikricha, hukmron partiyaning harakatlari shaxsan sobiq prezidentga emas, balki uni qo‘llab-quvvatlaydigan millionlab saylovchilarga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, 14 yanvar kuni sobiq davlat rahbariga nisbatan qo‘zg‘alonga da’vat qilganlik ayblovini yoqlab, Kongress yuqori palatasining 57 nafar a’zosi ovoz berdi, 43 senator esa qarshi chiqqan. Impichmentni tasdiqlash uchun kamida 67 kishi yoqlab ovoz berishi kerak edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik senator Trampning impichmenti bo‘yicha eshituvga tasodifan ikki xil tuflida keldi