Toshkentda 1,5 mln dollarlik kriptofiribgarlik faoliyatiga chek qo‘yildi

Toshkent shahrida noqonuniy kriptoaktiv operatsiyalarini amalga oshirib kelgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo'yildi. Davlat xavfsizlik xizmati va Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari hamkorligida o'tkazilgan tezkor tadbirda gumonlanuvchilar qo'lga olindi. Aniqlanishicha, ularning amalga oshirgan operatsiyalarining umumiy hajmi 1,5 mln dollardan oshgan bo'lib, kunlik pul aylanmasi 5 ming dollardan 10 ming dollargacha yetgan.
Toshkentda kriptoaktivlar bilan bog‘liq noqonuniy operatsiyalarni amalga oshirgan jinoiy guruh faoliyati to‘xtatildi. Davlat xavfsizlik xizmati va Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbir davomida guruh a’zolari qo‘lga olindi.
Ma’lum qilinishicha, gumonlanuvchilar amalga oshirgan operatsiyalarning umumiy hajmi 1,5 mln dollardan oshgan. Ularning kunlik pul aylanmasi esa 5 ming dollardan 10 ming dollargacha yetgan.
Guruh a’zolari fuqarolar mablag‘larini soxta investitsiya platformalari orqali jalb qilgan. Odamlarning ishonchini qozonish maqsadida reklama materiallarida davlat amaldorlari va davlat rahbarining ismlari hamda tasvirlaridan ruxsatsiz foydalanilgan.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Guruhning boshqa a’zolari va noqonuniy operatsiyalarga aloqador shaxslarni aniqlash choralari ko‘rilmoqda.































Izohlar 0
…