«Kobalt» yo‘lovchisining sumkasidan 505 gramm gashish topildi

Andijon viloyatining Bo‘ston tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida «Kobalt» rusumli mashina yo‘lovchisining sumkasidan 505 gramm gashish giyohvandlik vositasi topildi. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari hamkorligida qo‘lga olingan gumonlanuvchi bu moddani Toshkent shahriga yetkazib berishi kerak bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Unga ushbu jinoyatni amalga oshirishi evaziga 100 million so‘m berish va’da qilingani aniqlangan.
Andijon viloyatida 505 gramm gashish giyohvandlik vositasini Toshkent shahriga yetkazib bermoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi. Unga bu ish evaziga 100 million so‘m va’da qilingani ma’lum bo‘ldi, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining rasmiy axborot kanali.
Andijon viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi, Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tezkor ma’lumot asosida Bo‘ston tumanida «Kobalt» rusumli avtomobil to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi. Mashina yo‘lovchisiga tegishli qo‘l sumkasidan ikki bo‘lak modda topildi.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, aniqlangan modda 505 gramm gashish giyohvandlik vositasi ekani tasdiqlangan.
Dastlabki surishtiruvda gumonlanuvchi mazkur giyohvandlik vositasini Toshkent shahriga olib borishi kerak bo‘lgani, buning evaziga unga 100 million so‘m berish va’da qilingani aniqlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.































Izohlar 0
…