09:19 / 16.02.2021
2 193

Ikki ming kishini to‘ydirsa bo‘ladigan Land Rover Defender torti (video)

Ikki ming kishini to‘ydirsa bo‘ladigan Land Rover Defender torti (video)
Kadr: YouTube
Britaniyada Lara Meyson ismli qandolatchi Land Rover Defender ko‘rinishidagi ulkan tortni tayyorlash jarayoni tasvirlangan video bilan bo‘lishdi. Qandolatchining so‘zlariga ko‘ra, shirin yo‘ltanlamas ikki ming kishini to‘ydirishga yetgan, deb xabar beradi Motor.

Lara Meyson qandolatchilik borasidagi noodatiy yechimlari bilan tanilgan. Britaniyalik ayol ko‘p qavatli eksklyuziv tortlar, shuningdek, mashhurlar ko‘rinishidagi shirinliklarni tayyorlab keladi. 2015 yilda Jaguar Land Rover konserni ayol bilan Defender yo‘ltanlamasi ko‘rinishidagi tortni tayyorlash bo‘yicha shartnoma imzolagan edi. Britaniya kompaniyasi ulkan tort yordamida o‘zining ikki millioninchi modelining ishlab chiqarilishini nishonlagan.

Biroq Meyson shirin Defender’ni qanday qilib yaratgani tasvirlangan videoni endigina e’lon qildi. Bu kabi tortni pishirish uchun ayol maxsus yog‘och romdan foydalangan. Qandolatchi qatlamlarni bir-birining ustidan terib, asbob-anjomlari yordamida yo‘ltanlamasning tashqi ko‘rinishini yaratgan. Ekstereri tayyor bo‘lgach, Defender muzlatilgan va shundan so‘ng bo‘yoqlar, yaltiroqlar va jelatin yordamida uning tashqi ko‘rinishi yakunlangan.

Kadr: YouTube
Lara Meysonning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tort bilan 2 ming kishini to‘ydirish mumkin bo‘lgan. Qandolatchi Jaguar Land Rover bilan hamkorligi doirasida yangi zavodning ochilishi munosabati bilan yesa bo‘ladigan dvigatelni yaratgan. Mayda detallariga ham e’tibor qaratilgan motor osongina Jaguar XЕ yoki Land Rover Discovery Sport’ga o‘rnatiladigandek taassurot uyg‘otgan. O‘z mahsulotlarini namoyish etganidan so‘ng Meysonga Aston Martin, Mini Cooper va hatto Harley-Davidson ko‘rinishidagi tortlarni yaratish bo‘yicha takliflar tushgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ikki ming kishini to‘ydirsa bo‘ladigan Land Rover Defender torti (video)