Niderlandiyada parranda grippi aniqlandi. Endi 120 ming tovuq yo‘q qilinadi

Niderlandiyada parranda grippi aniqlandi. Endi 120 ming tovuq yo‘q qilinadi
Niderlandiyaning Sint-Udenrod shahridagi parrandachilik fabrikasida parranda grippi aniqlandi. Bu haqda Niderlandiya Qishloq xo‘jaligi, tabiat va oziq-ovqat vazirligi ma’lum qildi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu gripp "xavfli (yuqori patogen) kasallik turi" bo‘lishi mumkin. 1 km radiusda yana ikkita parrandachilik fermalari mavjud. Virus tarqalishining oldini olish uchun ushbu fermer xo‘jaliklaridagi parrandalarning barchasi, ya’ni taxminan 122 ming tovuq yo‘q qilinadi.

Yana 3 km radiusda joylashgan yettita parrandachilik fermalari muntazam ravishda sinovdan o‘tkaziladi. Shuningdek, 10 km radiusda yana 26 fermer xo‘jaligi mavjud. Ular uchun parranda va parranda mahsulotlarini tashish taqiqlangan.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar