
Fransiya prokuraturasi aktyor Jerar Depardeni yosh aktrisaga jinsiy zo‘ravonlik qilishda ayblamoqda. Bu haqda «France24» xabar berdi.
Gap 2018 yil avgust oyida Depardening Parijdagi kvartirasida sodir bo‘lgan voqealar haqida ketmoqda. Jabrlanuvchining ismi oshkor qilinmadi.
Mashhur aktyorning advokati «France-Press»ga tergov olib borilayotganini tasdiqladi, ammo Deparde barcha ayblovlarni rad etgan. Prokuratura hatti-harakatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar sir bo‘lib qolmoqda.
Ikki yil oldin aktyorning advokati ushbu ayblovlarga quyidagicha javob qaytargandi: «Jerar Deparde hayratda».
Fransiya ommaviy axborot vositalarining yozishicha, aktrisa Deparde ustidan shikoyat bilan 2018 yil avgust oyi oxirida murojaat qilgan. 2019 yilda Parij prokuraturasi tergovni yopdi, ammo 2020 yilda qayta ish ochilgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar