07:13 / 06.03.2021
2 430

Benksining asari 95 ming dollarga sotib olindi va kriptovalyutaga aylantirish maqsadida yoqib yuborildi (video)

Benksining asari 95 ming dollarga sotib olindi va kriptovalyutaga aylantirish maqsadida yoqib yuborildi (video)
Foto: gomel.today
AQSHning New-York shahrida Injective Protocol blokcheyn kompaniyasi 95000 dollarga ko‘cha rassomi Benksining 2007 yilda chizilgan «Morons (White)» suratini sotib oldi va uni yoqib yubordi. Yoqish jarayoni Twitter’da translyatsiya qilindi, deb yozmoqda Meduza.

Kompaniya bu ishga asarni kriptovalyuta — o‘zgarmas token(NFT)ga aylantirish maqsadida qo‘l urdi, deb xabar beradi CBS News. Yanvar oyida Injective Protocol Nyu-Yorkdagi Taglialatella galereyasida Benksi asarlari kolleksionerlaridagi masxaromuz so‘zlar tushirilgan auksion suratining 650 nusxasidan birini sotib oldi. Oq-qora rangli suratda kim oshdi savdosi ishtirokchilari tasvirlangan bo‘lib, unda «Siz, esi pastlar shu be’mani narsani sotib olishingizga ishonmayman» degan yozuv bor.

3 mart kuni Bruklindagi nomi aniqlanmagan ko‘chada bo‘lib o‘tgan yoqish tadbiri Twitter’dagi BurntBanksy akkaunti orqali translyatsiya qilindi. So‘ng Injective Protocol xodimlari OpenSea’da blokcheyn texnologiyasidan foydalangan holda ushbu san’at asarining raqamli holatini yaratdi.

Benksining o‘zi suratning yoqilishida ishtirok etmagan, ammo tadbir tashkilotchilari uning voqeadan xabardor bo‘lganini iddao qilmoqda. Rassom mazkur voqea haqida hali ochiq izoh bermadi. Injective Protocol ijrochi direktori Mirza Uddinning ta’kidlashicha, ushbu tadbirda birinchi marta moddiy shakldagi badiiy asar noyob raqamli aktivga aylantirildi. «Biz bu olovli tadbirni san’atning o‘ziga xos ifodasi sifatida qabul qilamiz. Biz atayin Benksining asarini tanladik, chunki u ilgari o‘z ishlaridan birini kimoshdi savdosida maydalab tashlagan edi», — dedi Uddin. U ushbu NFT qancha turishi mumkinligini aytolmadi.

2018 yil oktabr oyida Londondagi Sotheby’s ko‘rgazmasida Benksining «Havo shari bilan qiz» (Girl With Balloon) kartinasi bir million funtga sotilgan edi. Sotilgandan so‘ng darhol qog‘oz maydalagich bilan suratning yarmigacha bir nechta chiziq tortilib, kesib tashlangan. Suratni sotib olgan yevropalik kolleksioner shikast yetgan asardan voz kechmadi va shartnomani o‘z kuchida qoldirdi. Yangi ko‘rinishdagi badiiy asar «Axlat qutisidagi sevgi» deb nomlandi.

Injective Protocol yana bir nechta asarlarni yoqib, aksiyani davom ettirishni rejalashtirmoqda. «San’at olamining yangi davrida suratlar raqamli ravishda abadiy yashashni boshlashi kerak», —deya ta’kidladi Decrypt Injective Protocol vakili.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Benksining asari 95 ming dollarga sotib olindi va kriptovalyutaga aylantirish maqsadida yoqib yuborildi (video)