
Foto: Sacramento
Kaliforniyaning Fer-Oks shahrida ulkan yovvoyi kurka ikki qavatli derazani sindirib, stomatologiya xonasiga kirgan hamda u yerda bir qancha tartibsizliklar keltirib chiqargan, deb yozadi Esquire.
Ushbu to‘polon vaqtida menejer Donna Makdonald ofisda bo‘lib, u avvaliga zilzila boshlandi deb o‘ylagan. Ko‘p o‘tmay u gap nimada ekanligini tushungan va Hayvonlarni nazorat qilish xizmatini chaqirgan. Ma’lum bo‘lishicha, kurka devorlarga zarar yetkazgan va maxsus kresloni teshib yuborgan.
Ammo qushning o‘ziga hech narsa qilmagan. Mutaxassislar kurkani tekshirgandan so‘ng uni tabiatga qaytarish mumkin, degan xulosaga kelgan. Kurkaning bunday tajovuzkorligiga sabab o‘zining oynadagi aksidir. Juftlashish mavsumida kurka, ehtimol, o‘zining aksini ham kurka deb o‘ylagan. Shuning natijasida stomatologiyani vayronaga aylantirib yuborgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar