Isroil Livan janubidagi uchta maktabni vayron qildi

Isroil Livan janubidagi uchta maktabni vayron qildi

17 iyul kuni Isroil harbiylari Livan janubidagi uchta maktabni vayron qilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda mamlakat ta’lim vaziri Rima Karamiy bayonot berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiylar avval maktablardagi jihozlarni olib chiqib, so‘ng binolarni portlovchi moddalar yordamida buzib tashlagan. Natijada ushbu ta’lim maskanlari urush davomida vayron qilingan maktablar ro‘yxatiga qo‘shilgan.

Karamiy xalqaro hamjamiyatni ta’lim muassasalarini himoya qilish va ularga qarshi hujumlarni to‘xtatish uchun Isroilga bosim o‘tkazishga chaqirdi.

YUNЕSKO ma’lumotiga ko‘ra, iyun oyiga qadar Livanda 17 ta maktab butunlay vayron bo‘lgan, 100 dan ortig‘i zarar ko‘rgan edi. So‘nggi hodisadan keyin esa vayron qilingan maktablar soni kamida 20 taga yetdi. Mojaro oqibatida 500 mingga yaqin bola ta’lim olish imkoniyatidan mahrum bo‘lgani qayd etilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar