Foto: «RIA Novosti»
Ushbu hafta oxiri Fors ko‘rfazi mamlakatlarini, shu jumladan, Qatar va Saudiya Arabistoniga kuchli qum bo‘roni yopirildi.
Noqulay ob-havo juma kuni kechqurun boshlangan: hududni kutilmaganda yilning bu davriga xos bo‘lmagan dimiqtiruvchi issiqlik qurshab olgan. So‘ngra kuchli shamol ko‘tarilgan. U qum va changni ko‘tarib, osmonni to‘sib qo‘ygan va bir necha metrgacha ko‘rishni cheklagan. Chang va qum barcha binolar va avtomobillarni qoplab olgan. Qum, hatto, derazadagi teshiklar orqali uylarning ichigacha kirib borgan.
Qum bo‘roni o‘zi bilan birga sovuq ob-havoni ham olib keldi. Qatar poytaxti Doxada havo harorati keskin pasayib, 16 darajagacha tushib ketdi.
Ushbu dam olish kunlari ob-havo tufayli fuqarolik va harbiy aviatsiya faoliyati cheklandi. Saudiya Arabistoni harbiy havo kuchlarining parvozlari chang bo‘roni tufayli bekor qilingan.
Yakshanba kuni mintaqada ob-havo yaxshilana boshladi, biroq kuchli shiddatli shamol esishda davom etmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi