Foto: UPI
Amerikaning Missuri shtatida istiqomat qiluvchi Rudi Mendes telefon qo‘ng‘irog‘i tufayli lotereyadan pul yutib oldi. Bu haqda UPI xabar beradi.
Missuri shtatining Foristell shahrida yashovchi erkak mashinasida ketayotgan vaqtida qo‘l telefoni jiringlab qolgan. Telefonda gaplashish uchun mashinasini yoqilg‘i quyish shoxobchasi oldida to‘xtatishiga to‘g‘ri kelgan. Erkak birato‘la do‘konga kirish va lotereya chiptasi sotib olishga qaror qilgan.
Birinchi chiptadan katta bo‘lmagan miqdorda pul yutib olganidan keyin, do‘konga qaytib kirib ikkinchi lotereyasini sotib olgan. Ikkinchi chipta unga asosiy sovrin — ikki million dollar olib kelgan. «Men u yerda 200 dollar yozilgan, deb o‘yladim», — degan Mendes. Chiptadan barmog‘ini olgach, tezda telefonni qo‘yib qo‘yganini qo‘shimcha qilgan.
U uchinchi marta do‘konga qaytib kirgan. Lotereya chiptasini skaner qilib tekshirib ko‘rgan erkak ko‘zlari uni aldamaganiga amin bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda
Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...