Foto: Facebook / The Pearl of Door County
Amerikaning Strejen-Bey shahrida (Viskonsin) Kelli laqabli Avstraliya ovcharkasi o‘z egasining mashinasini «minib qochdi», deb xabar beradi Meduza.
It mashinani uzoqqa haydab qochmagan — uni san’at galereyasi ko‘rinishidagi to‘siqlar to‘xtatib qolgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Kellining xo‘jayini mashinani qo‘l tormozini tortib, yaqin atrofdagi do‘konga kirib ketgan. It esa qandaydir usul bilan tormozni tushirib, bir necha metr harakatlangan va galereyaga urilgan. Avariya oqibatida hech kimga shikast yetmagani aytilmoqda.
Galereya joylashgan bino boshqaruvchisi avvaliga sodir bo‘lgan voqeaga ishonmagan va it egasining telefon orqali aytgan gaplarini noto‘g‘ri eshitdim deb o‘ylagan. Shundan so‘ng boshqaruvchiga bu hazil emasligini aytishgan.
Foto: Facebook / The Pearl of Door County
Galereya egasi sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisa suratini Facebook’ka joylashtirib, agarda uning iti keyingi safar do‘stlarini chaqiradigan bo‘lsa, hech bo‘lmaganda kirish eshigidan foydalanishlarini so‘rab hazillashgan. O‘z navbatida, kuchuk egasining ma’lum qilishicha, uning iti «hali-beri haydovchilik guvohnomasini qaytarib ololmaydi». “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi