Foto: «twitter.com/boulderpolice»
Avvalroq AQSHning Kolorado shtati Boulder shahridagi supermarketda yuz bergan otishmada o‘n kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergandik.
AQSH prezidenti Jo Bayden Koloradodagi otishmada halok bo‘lganlar uchun 27 martga qadar motam e’lon qildi, deya xabar berdi Oq uy.
Baydenning ko‘rsatmasiga binoan, seshanba kunidan boshlab tushirilgan AQSHning davlat bayroqlari 27 mart kuni quyosh botgunga qadar shu holatda qoladi.
Asl kelib chiqishi suriyalik bo‘lgan AQSH fuqarosi Ahmad al-Issa Kolorado shtati Boulder shahridagi do‘konda otishma sodir etgan. Oqibatda 10 kishi, jumladan, bir nafar politsiyachi halok bo‘lgan. Qurollangan shaxs jarohatlangan holda hibsga olingan. Bugun u shifoxonadan qamoqxonaga ko‘chirilishi kutilmoqda. Shundan so‘ng unga ayblov e’lon qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global Janub kimniki?
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi