18:08 / 28.03.2021
2 192

Indoneziyada cherkov yaqinida ikki xudkush o‘zini portlatdi, 14 kishi jabrlandi (video)

Indoneziyada cherkov yaqinida ikki xudkush o‘zini portlatdi, 14 kishi jabrlandi (video)
Foto: AP Photo
Indoneziyaning Sulavesi orolidagi Makasar shahrida ikki nafar xudkush katolik cherkovi darvozasi yonida portlash uyushtirdi, deb xabar beradi Meduza.

Portlash cherkovda bayram ibodati o‘tkazilayotgan va bino ichiga ko‘plab dindorlar yig‘ilgan paytda yuz bergan. Ruhoniyning aytishicha, xudkushlardan biri motosiklda cherkov pillapoyasiga chiqishga uringan, ammo qo‘riqchilar tomonidan to‘xtatib qolingan.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 14 kishi jabrlangan. Hozircha voqea yuzasidan hech kim javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

Politsiya portlash yanvardagi kontr-terroristik bo‘linma tomonidan uyushtirilgan maxsus operatsiyaga javob sifatida tashkillashtirilganini istisno qilmayapti. O‘shanda Makasarda 2019 yilda Filippindagi cherkov portlashiga aloqadorlikda gumonlangan ikki terrorchi o‘ldirilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Indoneziyada cherkov yaqinida ikki xudkush o‘zini portlatdi, 14 kishi jabrlandi (video)