Dubay politsiyasi “Arvoh” laqabi bilan tanilgan fransiyalik narkobaron Mufid Bushibini qo‘lga oldi, deb xabar berdi WAM agentligi.
“Garchi fransuz detektivlarida Bushibining 20 yil ilgarigi fotosurati bo‘lsa-da, tezkor xodimlarimiz zamonaviy texnologiyalar yordamida uning yashiringan joyini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi”, – deya Dubay politsiyasi xodimi Jamol Salom al-Jallafning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda agentlik.
Bushibi o‘n yildan buyon soxta hujjatlardan foydalanib yashirinib yurgandi.
Tergovchilarning ma’lumot berishicha, u Yevropaga yiliga qiymati 82,6 mln dollarlik 60 tonna giyohvandlik moddasi olib kirish bilan shug‘ullangan. 2015 yilda Bordo sudi uni sirtdan 20 yilga ozodlikdan mahrum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi