Foto: «Zercalo.org»
Nijniy Novgorod viloyatining Balaxniy shahrida mahalliy fuqaro Sergey Prozorovskiyning oshqozonini adashib olib tashlashdi. U onkologiya bilan kasallanganlikda gumon qilingan. Aslida esa faqat oshqozon yarasidan aziyat chekkan. Bu haqda «Komsomolskaya pravda» xabar bermoqda.
Prozorovskiyning so‘zlariga ko‘ra, u ichki qon ketishida gumon bilan shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlar unda yaradan boshqa dard ham bor degan xulosaga kelishgan va shu zahoti operatsiyani boshlashni taklif etishgan.
«Tashxisni aniqlashtirish uchun og‘zimga barmoq qalinligida nay kiritishdi. Boshida qon ketgan-ketmaganligi baribir aniqlanmadi, ammo shifokorning noqulay manipulyatsiyasi arteriyalarga shikast yetkazdi. Qon ketish kuchaydi, operatsiya qilish uchun mendan rozilik so‘rashdi, keyin hushimdan ketdim», — deb eslaydi Prozorovskiy.
Shundan so‘ng u immunogistokimyoviy tekshiruvdan o‘tdi. Unga ko‘ra o‘simta yo‘qligi aniqlangan.
«Kasallik tarixida esa gistologiya natijalari umuman yo‘q!» — deydi bemor.
Prozorovskiyning fikricha, Nijniy Novgorod shifokorlari uni tekshirib ko‘rgan shifokorni «oqlash» uchun onkologiyani ataylab o‘ylab topishgan. Yosh mutaxassis bosh shifokor o‘rinbosari va jarrohlik bo‘limi boshlig‘ining o‘g‘li ekanligi aytilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi