Eron Janubiy Koreyaga qarashli neft tankeri va uning ekipajini qo‘yib yubordi. Hankuk Chemi tankeri 4 yanvarda Fors ko‘rfazida Eronning Islom inqilobi muhofizlari korpusi tomonidan ushlangandi.
Kema qo‘yib yuborilgani haqida Janubiy Koreya tashqi ishlar vazirligiga tayanib “Ryonxap” axborot agentligi xabar berdi.
Kema 13 kishidan iborat ekipaj bilan birga Eron portlaridan birini mahalliy vaqt bilan soat 6da tark etgan. Janubiy Koreya tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, kema ekipaji sog‘-omon va hech kim tibbiy yordamga muhtoj emas.
Neft olib ketayotgan tanker Fors ko‘rfazida ekologik qoidalarni buzgani uchun ushlangan. Biroq OAVda Tehron shu yo‘l bilan AQSH sanksiyalari sababli Janubiy Koreya banklarida muzlatib qo‘yilgan 7 mlrd dollarga yaqin pulidan taqiq olinishiga erishmoqchi bo‘lgani borasida taxminlar ham ilgari surilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"