23:18 / 11.04.2021
3 112

Maltaga tashrif buyurgan sayyohlarga mukofot puli to‘lanadi

Maltaga tashrif buyurgan sayyohlarga mukofot puli to‘lanadi
Foto: DW
Malta hukumati yoz oylarida mamlakatga kelib, kamida uch kun turgan sayyohlarga 200 yevrogacha to‘lashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi.

9 aprel kuni turizm vaziri Kleyton Bartolo mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq ko‘plab cheklovlarning 1 iyunga kelib bekor qilinishi va mehmonxonalardan oldindan band qiluvchi sayyohlarga bonuslar berilishini ko‘zda tutuvchi rejani taqdim etdi.

Shunday qilib, oldindan joy band qilgan sayyohlar besh yulduzli mehmonxonada 200 yevro, to‘rt yulduzli mehmonnxonada — 150 yevro, uch yulduzli mexmonxonada — 100 yevro miqdorida bonus oladi. Agar sayyoh Maltadan uch kilometr shimolda joylashgan Gotso orolidan biror ob’ektni turar joy sifatida tanlasa, bonuslar yana 10 foizga oshiriladi.

«Bu tizim xalqaro sayyohlikning tiklanib borishi bilan Malta mehmonxonalarining raqobatbardoshligini ta’minlashga qaratilgan», — deb ta’kidladi turizm vaziri.

Ma’lumotlarga ko‘ra, turizm sektori bevosita va bilvosita orol davlati iqtisodiyotining 27 foizini tashkil qiladi, lekin pandemiya sababli soha faoliyati deyarli to‘xtab qoldi. 2019 yilda Maltaga 2,7 million sayyoh tashrif buyurgan bo‘lsa, 2020 yilda bu ko‘rsatkich 80 foizga tushib ketdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Maltaga tashrif buyurgan sayyohlarga mukofot puli to‘lanadi