NASA mutaxassislari birinchi marotaba Perseverance roverida o‘rnatilgan moslama yordamida Mars atmosferasidan kislorod olishdi. Bu haqda kosmik agentlik saytida e’lon qilingan bayonotga asoslanib TASS xabar qilmoqda.
Bayonotda aytilishicha, 20 aprel kuni MOXIЕ eksperimental qurilmasi yordamida Mars atmosferasidan karbonat angidriddan kislorod olingan. NASA vakillari «ushbu texnologiyani namoyish etish endigina boshlanmoqda» deya ta’kidladilar. Keyinchalik bu usul «Marsda kislorod olish va saqlashga» imkon berishi mumkin, bu esa sayyoraga parvozlar uchun foydali bo‘ladi. Buni «ilmiy fantastika haqiqatga aylanadi» degan fikrga isbot o‘laroq ko‘rsatish mumkin.
«Bunday qurilmalar bir kun kelib kosmonavtlarni nafas oladigan havo bilan ta’minlashi mumkin», — deyiladi xabarda. MOXIЕ yordamida ular shu paytgacha «taxminan 5 gramm» kislorod olishgan bo‘lib, bu bitta kosmononavtga 10 daqiqa davomida nafas olishi uchun yetarli bo‘ladi. MOXIЕ soatiga 10 grammgacha kislorod ishlab chiqarishi kutilmoqda.
«Bu Marsda karbonat angidridni kislorodga aylantirish uchun juda muhim qadamdir», — deydi NASA ilmiy direktorining o‘rinbosari Jim Reyter. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda