Turkmaniston poytaxti Ashxobod va Turkmanoboddagi do‘konlarga endi faqat ro‘yxatdan o‘tgandan keyin tashrif buyurish mumkin. Azathabar.com xabariga ko‘ra, uzundan-uzoq navbatlar Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning "imidjini tushirmoqda" ekan.
Shu munosabat bilan Turkmaniston Bosh vazirining o‘rinbosari, prezidentning o‘g‘li Serdar Berdimuhamedov otasi kabi g‘alati qarorlar chiqarishni boshladi. Uning farmoni bilan endi do‘konlar oldidagi navbatda to‘planib turishni taqiqladi. Endi do‘konlarga faqat belgilangan vaqtda telefon orqali tashrif buyurish mumkin.
Do‘konlar yaqinida navbatda turgan fuqarolar endi yaqin atrofdagi binolarning pod’ezdlarida yashirinishga majbur bo‘lmoqda. Do‘konlar orqa eshik orqali ishlashga majbur bo‘lmoqda. Iqtisodiy inqiroz tufayli aholi mahsulotlar sal arzonroq bo‘lgan davlat do‘konlarida navbatda turishni boshlagan.
Ommaviy yangiliklar xizmati esa Berdimuhamedov nabirasi bilan birga yangi qo‘shiq yozganini zavq-shavq bilan xabar qilmoqda. Musiqiy kompozitsiya "Mening oppoq shahrim – Ashxobod" deb nomlangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi