19:37 / 05.05.2021
2 439

Japarov Qirg‘iziston iqtisodiyoti «og‘ir inqiroz»da ekanini aytdi


Foto:«Kabar»
Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarov televideniye orqali xalqqa murojaatida «mamlakat iqtisodiyoti so‘nggi yillardagi eng og‘ir inqirozga duch kelganini» ta’kidladi.

«So‘nggi yillarda iqtisodiyot o‘ta abgor ahvolga tushib qoldi»,— degan Japarov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi paytda davlat budjeti kamomadi 235 million dollarni tashkil qilmoqda.

Qirg‘iziston rahbari yangi koronavirus infeksiyasining pandemiyasi boshqa mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni to‘liq tiklashga xalaqit berishini aytgan. Shu bilan birga, u davlatning inqirozni yengish qobiliyatiga ishonch bildirgan.

Japarov, shuningdek, mamlakat rahbari vakolatlarini kengaytirish nazarda tutilgan yangi konstitutsiyaga imzo chekdi.

Avvalroq mamlakatda 11 aprel kuni konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha referendum o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik.
Markaziy saylov komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, ovoz berishda 36,75 foiz saylovchilar qatnashgan.

Qirg‘izistonning yangi Konstitutsiyasi mamlakat prezidenti vakolatlarini kuchaytirishni, parlament a’zolari sonini 120 kishidan 90 kishiga qisqartirishni, shuningdek hukumat ustidan nazorat kuchayishini nazarda tutadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Japarov Qirg‘iziston iqtisodiyoti «og‘ir inqiroz»da ekanini aytdi