Isroil bosh vaziri hukumat tuzishni uddalay olmadi

1 daqiqa o'qish1.9K
Isroil bosh vaziri hukumat tuzishni uddalay olmadi
Binyamin Netanyaxu.
Foto: «RIA Novosti»

Isroilda 23 mart kuni o‘tkazilgan muddatidan avvalgi parlament saylovlaridan so‘ng bosh vazir, «Likud» partiyasi rahbari Binyamin Netanyaxuga hukumat koalitsiyasini tuzish uchun ajratilgan vaqt tugadi. Bu haqda Isroil prezidenti Reuven Rivlin Twitter’da ma’lum qildi, deb yozadi «RBK».

«Bosh vazir Binyamin Netanyaxuga hukumatni tuzish uchun ajratilgan 28 kunlik muddat tugadi», — deyiladi prezident xabarida.
Rivlinning ta’kidlashicha, muddat tugashidan biroz avval Netanyaxu hukumat tuzolmasligini aytgan va prezidentga mandatni qaytarib bergan. Rivlin knesset partiyalari (Isroilning bir palatali parlamenti) bilan hukumat tuzish masalasini muhokama qilmoqda.

The Times of Israel nashrining yozishicha, Netanyaxu hukumat tuzish vakolatini rasmiy muddati tugashidan bir necha daqiqa oldin qaytarib bergan. Nashrning ta’kidlashicha, agar mamlakat prezidenti mandatni parlamentga topshirsa, knessetda hukumat tuzadigan nomzod topish uchun 21 kun vaqt bo‘ladi. Nomzodni 120 deputatdan kamida 61 nafari qo‘llab-quvvatlashi kerak.

Shuningdek, prezident Vazirlar Mahkamasini tuzish vakolatini parlament fraksiyalari bilan maslahatlashuvlardan so‘ng deputatlardan biriga topshirishi mumkin.

Agar shunda ham hukumat tuzilmasa, Isroil parlamenti tarqatib yuboriladi va mamlakatda yangi saylovlar o‘tkazishga to‘g‘ri keladi, bu hol 2019 yil aprelidan beri besh marta kuzatilgan.

2019 yil aprel oyida bo‘lib o‘tgan saylovlar natijalariga ko‘ra, partiyalarning hech biri hukumatni shakllantirish uchun zarur ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritmagan va koalitsiya ham tuzilmagan. O‘sha yilning sentabr oyida takroriy saylovlar muvaffaqiyatsiz tugagach, keyingi saylov 2020 yil mart oyida bo‘lib o‘tdi.

O‘shanda Netanyaxu o‘zining asosiy raqibi — Isroil Bosh shtabining sobiq rahbari Beni Gans boshchiligidagi «Kaxol-Lavan» («Oq-ko‘k») partiyalar bloki bilan koalitsiya tuzishga muvaffaq bo‘ldi. Tomonlar hukumatni navbatma-navbat boshqarishga kelishib oldi, Gans 2021 yil noyabrda Netanyaxu o‘rniga bosh vazir lavozimini egallaydi.

Biroq keyinchalik parlament a’zolari mamlakatning 2021 yilgi budjetini tasdiqlay olmadi, natijada parlament yana tarqatib yuborildi va yangi saylovlar tayinlandi. Ular mart oyi oxirida bo‘lib o‘tdi va yana boshi berk ko‘chada tugadi. Na Netanyaxu va na uning raqiblari parlamentdagi ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kirita olmadi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?