Qozog‘iston Milliy banki yangi turdagi valyuta — raqamli tangani joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu moliyaviy regulyator tomonidan chiqariladigan yangi pul shaklidir.
«Raqamli tangalar naqd yoki naqdsiz pullarni almashtirish uchun mo‘ljallanmagan, balki ular bilan parallel ravishda ishlatiladi. Raqamli tanga joriy etilishi milliy to‘lov tizimining yanada rivojlanishini ta’minlaydi va bir qator o‘ziga xos texnologik xususiyatlar uchun naqd to‘lovlarga bog‘liqlikni kamaytiradi», deyiladi Qozog‘iston Milliy banki bayonotida.
Ayni paytda Qozog‘iston Milliy banki raqamli valyutalarning foyda va xatarlari, ularni chiqarish hamda tarqatish usuli, ishlatilayotgan texnologiyalar, pul-kredit siyosati, moliyaviy barqarorlik va to‘lov xizmatlari bozoriga ta’sirini har tomonlama o‘rganmoqda.
Ta’kidlanishicha, yangi turdagi milliy valyuta barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun to‘lovlar va hisob-kitoblarni amalga oshirishda foydalaniladi. Raqamli tanga yagona elektron raqamli ketma-ketlik formatida chiqarilib, alohida elektron hamyonlarda saqlanadi.
Shu bilan bir qatorda, raqamli tangalarning elektron pullardan sezilarli darajada farq qilishi ta’kidlanmoqda.
«Raqamli tangalar Milliy bank tomonidan chiqariladigan qo‘shimcha pul shakliga aylanadi, elektron pullar faqat ma’lum bir to‘lov tizimining infratuzilmasida mavjud tarzda chiqarilishi mumkin, shu jumladan, xususiy tashkilotlar tomonidan. Boshqacha qilib aytganda, elektron pullar o‘z vazifalarini bitta to‘lov tizimi doirasida amalga oshiradi va ushbu tizim egasiga majburiyatlarni yuklaydi», deb tushuntirmoqda Qozog‘iston moliyaviy regulyatori.
Raqamli valyuta chiqarishning eng katta sababi to‘lovlar samaradorligini oshirish va transchegaraviy to‘lov tizimlarini rivojlantirish ekani ta’kidlanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Global Janub kimniki?
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi