O‘tgan yili Yerning harorati uch million yildagi rekord ko‘rsatkichlarga yetdi, bu esa insoniyatni iqlim falokatiga yaqinlashtiradi, dedi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh.
«O‘tgan yil misli ko‘rilmagan yana bir ekstremal ob-havo va iqlim falokatlari davri bo‘ldi», dedi Bosh kotib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, atmosferadagi karbonat angidrid konsentratsiyasi eng yuqori darajaga chiqib, sanoat davrigacha bo‘lgan nisbatdan 148 foizga oshdi.
Guterresh Yerning harorati uch daraja oshishi va dengiz sathi 15 metr balandlikka ko‘tarilishi uch million yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkich ekanini ta’kidladi.
«Shu ketishda asr oxiriga bori harorat yana 2,4 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Biz tubsiz jar yoqasida turibmiz», deb ogohlantirdi BMT rahbari.
Bunday yomon ssenariyning oldini olish uchun insoniyat «toza» va «yashil» rivojlanish yo‘lini boshlash uchun birgalikda harakat qilishi kerak, dedi u. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi
2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi?
Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi