09:30 / 08.05.2021
2 699

Qozog‘istonlik karatechi qiz “Koinot go‘zali” tanlovida qatnashadi


Qozog‘istonlik talaba Kamila Serikbay “Koinot go‘zali” tanlovida ishtirok etadi, deb xabar qildi Sputnik.

18 yoshli Kamila Serikbay Sulaymon Demirel nomidagi universitetning yuridik fakultetidagi birinchi kursida tahsil oladi.
2019 yilda qiz "Miss Qizilo‘rda" go‘zallik tanlovining g‘olibasi bo‘ldi va "Miss Qozog‘iston" finalida ishtirok etdi.

Kamila turk va ingliz tillarini biladi. U sport ustaligiga nomzod, 13 yoshidan boshlab karate bilan shug‘ullanadi va jigarrang belmog‘iga ega.

5 may kuni Kamila “Koinot go‘zali” tanloviga tayyorgarlikni davom ettirish uchun AQSHga keldi. Miss Universe tanlovi 16 may kuni Florida shtatining Gollivud shahrida bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonlik karatechi qiz “Koinot go‘zali” tanlovida qatnashadi