Olimlar Somon yo‘lining massasini aniqladi

1 daqiqa o'qish1
Olimlar Somon yo‘lining massasini aniqladi

Olimlar Somon yo‘li galaktikasining umumiy massasini 1,19 trillion Quyosh massasiga teng deb baholadi. Yangi hisob-kitoblardagi noaniqlik 11 foizni tashkil etib, bu avvalgi ayrim tadqiqotlarga nisbatan aniqroq natija hisoblanadi. Bu haqda «Naked Science» nashri xabar berdi.

Somon yo‘li yuzlab milliard yulduzlar, gaz, chang va qorong‘i materiyadan iborat. Qorong‘i materiyani bevosita kuzatish imkoni bo‘lmagani sababli olimlar galaktika massasini osmon jismlarining harakatini o‘rganish orqali hisoblaydi.

DESI xalqaro ilmiy hamkorligi tadqiqotchilari 10 036 ta yulduz ma’lumotlarini tahlil qilib, ularni Gaia kosmik teleskopi kuzatuvlari bilan birlashtirgan.

Natijada galaktika markazidan 261 ming yorug‘lik yiligacha bo‘lgan hududning massasi 636 milliard Quyosh massasiga teng deb baholangan. Somon yo‘lining umumiy massasi esa 1,19 trillion Quyosh massasini tashkil etishi aniqlangan.

Avvalgi tadqiqotlarda galaktika massasi 500 milliarddan 2 trilliongacha Quyosh massasi oralig‘ida baholangan edi.

Tadqiqot natijalari arXiv ilmiy maqolalar serverida e’lon qilingan. Olimlarning fikricha, yangi hisob-kitoblar qorong‘i materiyaning taqsimlanishi va Somon yo‘lining shakllanish tarixini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?