Foto: «Report.az»
Liviya poytaxti Tripolida qurollangan shaxslar Prezident kengashi majlis o‘tkazayotgan «Corinthia» mehmonxonasiga hujum uyushtirdi. Bu haqda «Reuters» xabar berdi.
Jabrlanganlar haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q. Hujum qilganlar umumiy razvedka xizmati rahbari Husayn al-Aibani iste’foga chiqarib, o‘rniga Imad al-Tarablusini qaytarishni talab qilishgan.
Qolaversa, jangarilar xorij harbiylari va yollanma askarlarini mamlakatdan chiqarib yuborishga chorlab kelayotgan tashqi ishlar vaziri Najlu al-Mangushni ham ishdan olish talabini qo‘yishgan.
Eslatib o‘tamiz, Liviyadagi nizo ishtirokchilari 5 fevral kuni muvaqqat hukumat tuzilishiga rozi bo‘lgan, Jenevada, BMT shafe’ligida o‘tgan uchrashuvda Prezident kengashi rahbari va bosh vazir saylangan edi.
Mart oyida Liviyada yangi yagona hukumatning tarkibi tasdiqlangani e’lon qilindi. Abdulhamid Dbeyba hukumati mandati Liviyada prezidentlik va parlament saylovlari o‘tkaziladigan 2021 yilning 24 dekabrigacha saqlanib turadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi