Angliyaning Kembrij shahrida Global Justice Now tashkiloti rahnamoligi ostida faollar AstraZeneca britan-shved kompaniyasi ofisi yonida norozilik namoyishlari uyushtirishdi. Namoyishchilar kompaniyadan koronavirusga qarshi ishlab chiqqan vaksinasiga patent huquqlardan voz kechishni talab qilishgan.
Vaksina Oksford universiteti olimlari va AstraZeneca hamkorligida ishlab chiqilgan.
«Oksford universiteti olimlari bu najotbaxsh vaksinani 97 foizga davlat tomonidan moliyalashtirilgan tadqiqotlar evaziga ishlab chiqishgan. Olingan vaksina barchaga taqdim qilinishi kerak, lekin AstraZeneca uni egallab, xususiylashtirib oldi.
Britaniya hozirda yuqori samarador vaksinalardan naf ko‘rmoqda, biroq past va o‘rta daromadga ega davlatlarda hamon kuniga minglab odamlar koronavirusdan vafot etmoqda», deb aytgan Global Justice Now direktori Nik Dirden.
Faollar AstraZeneca’dan vaksina ishlab chiqarish texnologiyalarini JSST bilan bo‘lishishni va rivojlanayotgan davlatlarga koronavirusga qarshi kurashda ko‘proq xayrixohlik ko‘rsatishni talab qilishmoqda.
Jumladan, o‘tgan dam olish kunlari faollar Britaniya bo‘ylab avtobus bekatlarida davlatning vaksinalarni ishlab chiqishga ajratgan sarmoyalari miqdori hamda farmatsevtik kompaniyalarning daromadlari ko‘rsatilgan plakatlarni osib chiqishgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi