09:30 / 13.05.2021
1 692

Portugaliyada qor bo‘roni sodir bo‘ldi (foto, video)


Foto: Electroverse
Portugaliyada qor bo‘roni sodir bo‘ldi, mavsumiy havo harorati o‘rtacha 12 darajadan tushib ketdi, deb yozmoqda Electroverse.

Mamlakat bo‘ylab balandliklarda qorning sezilarli darajada to‘planganini ko‘rish mumkin. Portugaliyaning Serra-da-Eshtrela tog‘ tizmalarida qishki iqlim kuzatilishi haqida ogohlantirildi. Shuningdek, mamlakatning Jeresh hududi ham qor bilan qoplandi.

Foto: Twitter
Portugaliya markazidagi Torre tog‘ining tepasini qor qopladi. Mahalliy hokimiyat vakillari aholini tog‘ga chiqish taqiqlangani to‘g‘risida ogohlantirdi.

Foto: Twitter
Vila-Puka-de-Agiar munitsipaliteti kuchli qor bo‘roni sababli aholiga uyda qolishni maslahat bermoqda.




arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Portugaliyada qor bo‘roni sodir bo‘ldi (foto, video)